Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
TUMAN KENGASHINING 73-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Kengash faoliyati / 2024-05-24

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashining 73-sessiyasida tuman Kengashi deputatlari, tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etdi. Sessiya ishiga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Anvar Normamatov raislik qildi.

Sessiya kun tartibida Qumqo‘rg‘on tumani hududini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush tarzini yaxshilash va ijtimoiy himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning mas’uliyatini oshirish bo'yicha 2024-yilning 1-choragiga mo‘ljallangan yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosini hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida sektor rahbarlarining hisboti tinglandi.

Sessiya kun tartibiga qo‘yilgan masalalar muhokama etilib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi hamda qarorlar qabul qilindi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
7 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси