Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Qumqo'rg'on tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Zafar Tursunovning avgust oyi yakuni bo‘yicha hisoboti

Soliqchi - tadbirkorga ko‘makchi! Bugun davlat soliq organlari xodimlari o‘z faoliyatini mazkur tamoyil asosida yo‘lga qo‘yib, soliq to‘lovchilarning eng yaqin ko‘makchisi va ishonchli hamkoriga aylanmoqda.

Xususan joriy yilning avgust oyida viloyatimizda faoliyat yuritayotgan 294 ta tadbirkorlik subyektining 24 ta muammolari o‘rganilib, imtiyozli kredit olish, dastlabki buxgalteriyasini yuritish, hisobotlarni to‘ldirish va topshirish kabi 47 dan ortiq masalalar bevosita soliq organlari xodimlari ko‘magida hal etildi.

Bundan tashqari, faoliyatini to‘xtatgan 6 nafar tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatilib, faoliyatlarini qayta tiklashga erishildi.

Tadbirkorlar uchun teng raqobat muhitini yaratish, noqonuniy tarzda savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanishning oldini olish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidagn nazorat tadbirlari o‘tkazilib, 26 nafar fuqarolar hech qanday hujjatlarsiz tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi. Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ushbu fuqarolarning 24 nafari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib, qonuniy tarzda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydilar.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘tkazilgan bevosita muloqotlar va keng ko‘lamli tushuntirish ishlari pirovardida avgust oyida 139 ta korxonadagi 183 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolarning faoliyati legallashtirildi.

Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 49 nafar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida 51 nafar, qishloq xo‘jaligi sohasida 39 nafar hamda qurilish korxonalarida faoliyat yuritayotgan 44 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va budjetga 20,1 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida biznes uchun erkin va teng raqobat maydoni yuzaga kelmoqda. Buning samarasi tadbirkorlik subyektlarining umumiy tovar aylanmasida ham aks etmoqda.

Ahamiyatlisi, 2022-yilning avgust oyi davomida tumanimiz soliq to‘lovchilari tomonidan 6,3 mlrd so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 127 mln so‘m ortig‘i bilan bajarildi. (Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 127,1 foizga ko‘pdir.) Budjetga yo‘naltirilgan soliqlarning asosiy qismi 4,6 mlrd so‘mi, ya’ni 63,5 foizi yuridik shaxslar, 1,7 mlrd so‘mi yoki 36,5 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Soliq turlari bo‘yicha tahlil etadigan bo‘lsak, tushumning 2,1  mlrd so‘m yoki 33,9 foizini jismoniy shaxslar daromad solig‘i, 1,6 mlrd so‘m yoki 26,9 foizini jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq 561,2 mln so'm yoki 9,0 % hamda qolgan 1,9 mlrd so‘m yoki 32,1 foizini esa boshqa soliqlar va  yig‘imlar tashkil etdi.

Soliq qarzdorligini qisqartirish borasida olib borilgan izchil ishlar natijasida 57 ta korxona tomonidan umumiy miqdorda 220,0 mln so‘mlik soliq qarzdorligi to‘lab berildi.

Yurtboshimizning “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari yana 10 taga oshirilishi norasmiy bandlikni kamaytirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda tumanimizda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 8949 nafarni tashkil etadi.

Soliq tizimini raqamlashtirish borasida olib borilayotgan izchil ishlar, amaliyotga tatbiq etilayotgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari soliq munosabatlarini yengillashtirish, xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida to‘g‘rilash imkonini bermoqda.

Birgina misol joriy yilning iyun-avgust oylari davomida “Avtokameral” dasturiy mahsuli orqali viloyat miqyosidagi 58 ta xo‘jalik yurituvchi subyektning soliq hisobotlarida xato va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tekshiruvdan oldingi tahlil asosida xabarnomalar yuborildi.

Shundan 21 nafar tadbirkorlik subyektlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan 138 mln so‘m miqdordagi soliq hisobotlaridagi kamchiliklar o‘z vaqtida to‘liq bartaraf etildi. Natijada tekshirish davomida qo‘llanilishi lozim bo‘lgan 27,6 mln so‘m moliyaviy jarimalar qo‘llanilmasdan, tadbirkorlik subyektlari ixtiyorida qoldi.

Misol uchun Qumqo'rg'on tumani DSIda ro‘yxatga olingan "SILK TOWN"  MChJ tomonidan “Avtokameral” dasturiy mahsuli orqali yuborilgan xabarnomaga asosan 1,3 mlrd so‘m aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan belgilangan muddatda qayta hisobot taqdim etildi.

Natijada soliq kodeksiga muvofiq qo‘llanilishi lozim bo‘lgan 260,0 mln so‘m miqdoridagi moliyaviy jarimaning oldi olindi.

Shuningdek, DSIga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kelib tushgan 39 ta murojaat batafsil o‘rganilib, ularning 22 tasi ijobiy hal etildi. 17 ta murojaat yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Ta’kidlash joizki, “Soliqchi - tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida olib borayotgan ishlarimiz yanada izchillik kasb etadi. Zero, biz soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori va eng yaqin ko‘makchisimiz!

 

Zafar Tursunov,

 

Qumqo'rg'on tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси