Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Otalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan yig‘ilishda Surxondaryo tajribasi sifatida haftaning har shanba kunlarida ta'lim muassasalarida "Otalar yig‘ilishi" va yakshanba kunlarida "Otalar qabuli kuni"ni tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Qumqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 33-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Otalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni" mavzusida "Otalar yig‘ilishi" bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda “Nuroniy” jamg’armasi tuman bo’limi raisi Boymurod Abdumo’minov, tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi muduri Ramazon Narmuradov, faxriy ota Qahramon Boysariyev hamda o'quvchilarning otalari ishtirok etishdi.

Uchrashuvga taklif etilgan otalar farzand tarbiyasida ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasida ishonchli munosabatlarni o‘rnatish, ularning muammolarini bir-biri bilan bo‘lishish va birgalikda hal qilish, farzand tarbiyasida otalarning o‘rni va ahamiyatini yanada oshirishni tizimli yo‘lga qo‘yish zarurligi bo‘yicha fikr, mulohazalar bildirishdi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси