Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
"Obod va xavsiz mahalla" tamoyili amalda.

Mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish va amalga oshirish nafaqat ichki ishlar organlarining, balki huquqni muhofaza qiluvchi barcha tashkilotlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan sanaladi.

Bu borada tuman hokimligi va ichki ishlar organlari hamkorligida “Obod va xavsiz mahalla” tamoyili asosida tizimli ishlar yo’lga qo’yilgan.

Qumqo'rg'on tumanidagi “Besh qahramon” mahallasi qizil toifaga kiritilgan. Tuman hokimi Anvar Normamatov, tuman prokurori Sharofiddin Akramov, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o’rinbosari Shaxobiddin Azizberdiyev mahallada xavsiz muhitni yaratish, osoyishtalikni ta’minlash bo’yicha tungi profilaktik tadbirlarini olib boorish bo’yicha ichki ishlar xodimlari hamda mahalla beshligiga yo’riqnomalar berdi.

Profilaktik suhbatlar jarayonida voyaga yetamaganlar va yoshlar orasida sodir etilayotgan jinoyatlarni kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси