Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
O‘zbekiston Respublikasi yangi Konstitutsiyasida fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari

Hammamizga ma’lumki yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida  umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan

Konstitutsiya normalari tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qat’i nazar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi.

Odillik prinsipi qoidalarining ifodalanishi Konstitutsiyaning 30-moddasiga quyidagicha ifodalandi:

«Hech kim rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emas.

Hech kim ayni bir jinoyat uchun takroran hukm qilinishi mumkin emas.»

Ushbu moddaga ko‘ra hech kim rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emas. Har kim faqat rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi va jazoga tortiladi. Shaxs mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi ham faqat rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida amalga oshiriladi.

 Shuningdek, 30-moddaning ikkinchi qismida belgilanayotgan “Hech kim ayni bir jinoyat uchun takroran hukm qilinishi mumkin emas”, degan norma Konstitutsiya matniga kiritilishi shaxsning huquq va erkinliklarini kafotalashga qaratilgan jiddiy qadamdir. Bundan maqsad — fuqarolarni himoya qilish, shaxsning qadr-qimmati, qonun bilan belgilangan huquqlari kafolatlarini mustahkamlash. Biron-bir shaxs biror qilmish sodir qilsa, javobgarlik belgilanadi. Keyinchalik yana ushbu qilmish doirasida qandaydir nizoli holat kelib chiqadigan bo‘lsa, shaxsni Konstitutsiyaviy muhofaza qiluvchi qoida mavjud bo‘ladiki, unga nisbatan takroran jinoyat ishi yuritilishiga, hukm qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yana shuni ta’kidlash joizki, 30-moddada belgilanayotgan normalar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ham keltirilgan. Demak, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida keltirilgan qoidalarga Konstitutsiyaviy maqom berilib, Konstitutsiyaga implementatsiya qilinishi Bosh qomusimizdagi ijobiy o‘zgarishdir.

Xulosa o‘rnida aytish kerakki, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 30-moddasidagi normalar fuqarolarning shaxsiy, mulkiy huquqlarini kafolatlashga qaratilgan muhim normadir. Bu normalar Konstitutsiyamiz matni uchun mutlaqo yangi hisoblanadi.

Bunday qoidaning kiritilishi sudlarga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ham yanada mas’uliyat yuklaydi.

            Bundan tashqari Konistitutsiyamizning 31-moddasida fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklar to‘g‘risida keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra:

 Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega.

Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega.

Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.

Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo‘yishni va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

 

 

Qumqo‘rg‘on tumanlararo

iqtisodiy sudi raisi                                                 A.Xolmuminov

1 izoh

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси