Qumqo’rg’on tumani “Yangiyer” mahallasida joylashgan 20-sonli musiqa va sanʼat maktabi binosida tuman hokimi Anvar Normamatov 1-sektor hududida joylashgan mahalla xodimlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda 1-sektor hududida joylashgan mahallalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar tomonidan uyma-uy yurib aholining kamchiliklarini aniqlash bo’yicha topshiriq ijrosi muhokama qilindi. Tuman hokimi topshiriqqa asosan uyma-uy yurib o’rganishlar olib bormagan mahalla xodimlariga ogohlantirish berdi.
© Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi veb-saytlari 2025