Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, fuqarolarning eʼtirozlari va murojaatlariga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish maqsadida Qumqo’rg’on tuman hokimi Anvar Normamatov To’da va Pastxam mahallasiga tashrif buyurdi.
Tuman hokimi hududlardagi muammolarning yechimini taʼminlash, aniqlangan muammolarni imkon qadar joyida hal etilishiga erishish, muddat va mablag‘ talab etadigan masalalar bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish bo’yicha fuqarolarga tushuntirish berdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-sonli qaroriga asosan Qumqo’rg’on tumanida ichimlik suvi va ichki yo’llarni ta’mirlsh bo’yicha mablag’ ajratilganligi haqida to’xtalib o’tdi.
Tuman hokimi qaror ijrosini amalga oshirish bo’yicha vaqt talab etilishi, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va ichki yo’llarni ta’mirlab berishligini ta’kidlab o’tildi.
© Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi veb-saytlari 2025