Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Tuman hokimi "OLTIN CHIGIT" korxonasiga tashrif buyurdi

Qumqo'rg'on tuman hokimi Anvar Normamatov tumandagi "Oltin chigit" qo'shma korxonasining ish faoliyati bilan tanishdi.

1999-yilda qurib ishga tushurilgan, jahon andozalari talablariga to'liq javob bera oladigan bir mavsumda 5 ming tonna tuksiz urug'lik chigit va 15 ming tonna urug'lik g'allani qayta ishlaydigan hamda 15 ming tonna boshqa dukkakli don urug'larini tayyorlab beradigan 120 ish o'rinli korxona 23 yildan buyon samarali faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

Qo'shma korxona Surxondaryo viloyatidagi balki boshqa viloyatdagi paxtachilik va g'allachilik klasterlarini sifatli sertifikatlangan paxta va g'alla urug'i bilan ta'minlab kelmoqda.

Korxona faoliyatining asosiy yo'nalishlari quyidagilar
-yuqori sifatli urug'lik chigit qayta ishlash, tozalash, saralash , qoplash va sertifikatlab sotish
-urug'lik chigitini mexanik va ximiyaviy delintirlashdan iborat.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси