Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Qumqo‘rg‘on tumanida meva-sabzavotni qayta ishlash hamda quritish korxonalari muammolari o‘rganildi

Qumqo‘rg‘on tumanida 2017 yilda “O‘zmilliybank” tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari evaziga “Agro Processing Group” MChJ tomonidan meva-sabzavotni qayta ishlash hamda “Agro Feed” MChJ tomonidan meva-sabzavotni quritish korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda ushbu korxonalar ayrim sabablarga ko‘ra o‘z faoliyati vaqtincha to‘xtatgan. Viloyat hokimi muammolarni hal etish, korxonalarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha loyiha takliflari bilan tanishdi. Korxona faoliyatini tiklash, xom ashyo bazasi bilan ta’minlash, mahsulot yetishtirish uchun yangi o‘zlashtiriladigan yer maydonlaridan auksion savdolariga chiqarish hamda korxonaga kredit ta’tillari berish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Ushbu korxonalar sog‘lomlashtirilib, to‘liq ish faoliyatini boshlagach, yiliga “Agro Feed” MChJ tomonidan 3,1 ming tonna, “Agro Processing Group” MChJ tomonidan 21,0 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси