Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Assalomu aleykum hurmatli ota – onalar, aziz o`qituvchilar, qadrli o`quvchilar!
Ochiq ma'lumotlar / 2024-05-25

Sizlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga – umringizning yanada go‘zal va mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Mamlakatimizdagi barcha umumta’lim dargohlarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tashkil etilmoqda. “So‘nggi qo‘ng‘iroq”lar yangrab, qadrdon maktabingiz, mehribon ustozlaringiz bilan xayrlashuv tadbirlari o‘tkazilayotgan ushbu quvonchli va g‘oyat hayajonli damlarda hammangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman.

Hech shubhasiz, o‘z bilim va iste’dodini Vatanimiz va xalqimizga munosib farzand bo‘lishdek olijanob maqsadlarga sarflashga chog‘lanib turgan Sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va tayanchimiz, Yangi O‘zbekistonning oltin fondi, bebaho xazinasidir.

Aziz bitiruvchilar!

Mana shunday shukuhli onlarda siz, aziz yoshlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tamomlab, hayotingizda dastlabki muhim dovondan oshganingiz bilan yana bir bor tabriklayman.

Hech qachon unutmang, kelajakda sizni yanada ulkan va mas’uliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qo‘yib, bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, ko‘zlagan cho‘qqilarga albatta erishasiz.

Barchangizga ishda va o‘qishda, shaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar tilayman. Doimo sog‘-omon bo‘ling! Intilib, izlanib yashashdan aslo to‘xtamang! Baxt va omad hamisha hamrohingiz bo‘lsin!

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
7 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси