Qumqo’rg’on tumani 1-sektor hududagi To‘g‘on mahallasida tuman hokimi Anvar Normamatov hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla aholisi va yoshlar ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan ishga joylashish, ichimlik suvi, ichki yo’larni ta’mirlash va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Shuningdek mahalladagi yoshlar murojaatlari ham tinglandi.
Tuman hokimi tomonidan murojaatlarining ijobiy hal etilishi bo‘yicha tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Uchrashuv so'ngida mahalladagi keksa nuroniy otaxonlar yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini tilab duoga qo’l ochdilar.
© Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi veb-saytlari 2024