Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga hamkorlikda gumanitar yordam ko‘rsatildi.
Ochiq ma'lumotlar / 2024-03-27

Xalqimizda “O‘t balosidan, suv balosidan, tuhmat balosidan Yaratganning o‘zi asrasin” degan gap bor. Ana shunday balolardan biri - sel-suv toshqinlari, joriy yilning 21-mart kuni  taxminan soat 19:10 larda Qumqo‘rg‘on tuman hududidagi qir va adirliklarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida yig‘ilgan yomg‘ir suvlari, Azlarsoy orqali “Elobod”, “Yangi shahar”, “Bog‘aro” hamda “Azlarsoy” mahallalari hududiga kirib kelgan. 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi va uning tuman hamda shahar bo‘limlari bilan birgalikda fuqarolar muammolari o‘rganildi. Bugungacha 692 ta xonadonning 115 ta  muammolari o‘rganib chiqildi.

Joriy yilning 26-mart kuni IHMA viloyat  boshqarmasi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining viloyat bo‘limi  va “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi  hamkorlikda sel va toshqinlardan talafot ko‘rgan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga gumanitar yordam ko‘rsatiladi.

Tabiiy ofatdan jabrlangan aholining ijtimoiy holatini yaxshilash maqsadida hamda yuqoridagi 4 ta mahallalardagi sel va toshqinlar uylariga zarar keltirgan oilalar farzandlari ta’lim olishda qiynalib qolmasligi uchun o‘quv qurollari hamda aholiga multivitamin, minerallarga boy bo‘lgan quritilgan sabzavotlardan iborat oziq-ovqat to‘plami hamda  tuman tibbiyot birlashmasiga aholining reproduktiv salomatligini yaxshilash borasida har bir xonadonda sog‘lom muhitni yaxshilash maqsadida yurak qon-tomir, ichki hamda  endokrin kasalliklariga chalingan fuqarolarga dori-darmonlar yetkazib berilmoqda.

Psixologlar guruhi tashkil etilib,  sel oqibatida zarar koʻrgan xotin-qizlarga psixologik xizmatlar ko‘rsatildi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси