Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Xush kelding, Navro'z!
Ochiq ma'lumotlar / 2024-03-16

Bugun Qumqo‘rg‘on tumanida “Olam nurga to’lsin sen bilan, Navro’z” shiori ostida Navro‘z umumxalq bayrami o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlandi.

Qumqo’rg’on tumani hokimi Anvar Normamatov tabrik so’zi orqali tumanimiz ahli hamda mehmonlarini yurtimizda keng nishonlanayotgan Navro’z umumxalq bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Bayram shodiyonalari tumanimizning Navro’z istirohat bog’i hamda Alpomish sport o’yingohida bo‘lib o‘tdi. Bahoriy taomlar, ko‘katlaridan tayyorlangan nozu ne’matlar, sumalak sayli, xalq o‘yinlari, kurash musobaqalari, sportning turli yo‘nalishlaridagi bellashuvlar, milliy urf va an’analarini o‘zida jam etgan marosimlar tumanimiz ahliga manzur bo‘ldi.

Bugungi bayram tadbiriga poytaxtdan tashrif buyurgan O’zbekiston va Qoraqolpog’istonda xizmat ko’rsatgan artist Hosila Rahimov va estradamizning yorqin yulduzlari Via Marokand guruhi hamda tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari xalq xizmatida bo‘lishdi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси