Bugun Qumqo’rg’on tumanida "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi binosining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda tuman hokimi Anvar Normamatov, sektor rahbarlari, nuroniylar, mas'ullar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tadbir ishtirokchilariga mas'ullar tomonidan ushbu tashkilotning maqsad vazifalari keng tushuntirildi.
Shundan so'ng tadbirning asosiy qismi bo'lgan ramziy ma'nodagi lentalar kesilib, binoda yaratilgan shart- sharoitlar ko'zdan kechirildi.
© Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi veb-saytlari 2024