Qumqo’rg’on tumani “Yuksalish”, “Imomtepa”, “Qarsoqli” mahallalarida yashovchi tadbirkor va haydovchilar tomonidan 10 nafar ehtiyojmand oila farzandlarning sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi.
Tadbirda mahalla nuroniylari va boshqalar so‘zga chiqib, inson manfaatlari amalda qadr topgan mamlakatimizda savobli va xayrli ishlar yanada ko‘payib borayotganini ta'kidlab, to‘y bolalarga Vatan koriga yaraydigan kamarbasta insonlar bo‘lishlarini tilashdi.
Homiylar tomonidan to‘ybolalarning har biriga velosiped topshirildi.
Tumanimizda ijod qilayotgan sanotkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, davraga bayramona fayz va shukuh bag‘ishladi.
© Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi veb-saytlari 2025