Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Prezident topshirig’i ijrosi amalda. Surxondaryoda mahalla “yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish bo’yicha seminarlar o’tkazildi
Ochiq ma'lumotlar / 2023-11-24

Davlatimiz rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifida mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish, “yettilik” faoliyatini namunali tashkil etish bo’yicha qator vazifalarni belgilab berdi.

Bugun Qumqo’rg’on tumanida viloyatimizning shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan Xotin-qizlar faollari uchun seminar tashkil etildi.

Seminarga tashrif buyurganlar tumandagi 10 ta mahallada bo’lib, Xotin-qizlar faollarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Shundan so’ng viloyat hokimining tashabbusi bilan mahallalarda o’tkazilgan 5 ta nominatsiyada (eng yaxshi kitobxon, eng yaxshi ma’naviyat targ’ibotchisi, sport targ’ibotchisi, eng yaxshi hunarmand ayol, tomorqasidan unumli foydalangan ayol) g’olib bo’lgan ayollar estalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
5 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси