Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasidagi ichki yo‘llar bir necha yillardan buyon ta’mirlanmagani, nosozligi, aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lib kelayotgan edi.
Prezidentimizning "Mahallalarda birinchi navbatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-154-sonli qaroriga ko‘ra, ayni kunlarda 3-sektor hududidagi ushbu mahalla ichki ko‘chalarida asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
Qarorga ko‘ra, "Ibn Sino", "Erkin Vohidov", "Jaloliddin Rumiy", "Yuksalish", "Usmon Nosir", "Kitob", "Ishchilar", "Bahoriston" ko‘chalarning 3,3 km masofasida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
© Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi veb-saytlari 2025