Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
“Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Ochiq ma'lumotlar / 2023-11-03

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Surxondaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida manzilli chora-tadbir dasturiga asosan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Qumqo'rg'on tuman Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limiga qarashli 2-son umumta'lim maktabi faollar zalida o‘quvchi-yoshlar, aholi vakillari, keksa avlod vakillari, ma'naviyat fidoiylari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi Anvar Normamatov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, shoir Eshqobil Shukur, "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi Oygul Abdurahmanova, Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo’limi rahbari Mengnar Ollomurodov ishtirok etdi.

Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar umumta’lim maktabida yaratilgan keng imkoniyatlar, shuningdek maktabda o’quvchilar bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan to’garaklar faoliyati bilan tanishdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan yurtimizda olib borilayotgan ulkan islohatlar zamirida avvalo inson uchun uning faravon hayoti uchunligi haqida so'z yuritildi.

Tadbir davomida tumanda ijod qilayotgan Sodiq baxshi Mardanaqulov tomonidan ona Vatanimizni madh etuvchi dostonlardan parchlar aytildi.

Uchrashuv so’ngida tuman hokimi Anavar Normamatov tumanimizga tashrif buyurgan mehmonlarga esdalik sovg’alarini topshirdi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
6 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси