Bugun Qumqo’rg’on tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo’yicha ko’chat ekish mavsumiga start berildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan seminarda tuman hokimi Anvar Normamatov, sektor rahbarlari, fermerlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ko’chat ekish mavsumi boshlanishi munosabati bilan dala chetiga 500 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko’chatlari ekildi.
Mazkur loyiha doirasida tumanda 485 ming dona mevali va manzarali daraxt ko’chatlari ekish rejalashtirilgan.
© Qumqo`rg`on tumani hokimligi veb-saytlari 2023