Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
G‘ALLA HOSILIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
Ochiq ma'lumotlar / 2023-10-27

Qumqo’rg’on tumanida 2024-yil hosili uchun g‘alla ekish ishlarini tizimli va sifatli amalga oshirishga bag‘ishlangan seminar hamda suvchilar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Seminarda tuman hokimining birinchi o’rinbosari Sh.Poyonov, Surxondaryo viloyati urg’chilikni rivojlantirish markazi boshlig’i T.Mamaraimov, sektor rahbarlari, Qishloq xoʻjaligi tashkilotlar, fermerlar, suvchilar va klaster rahbarlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida 2024-yil g’alla hosilini nes-nobud qilmasdan yetishtirish, agrotenik tadbirlarni bajarilishi, g‘allani o'z vaqtida sug'orish kabi masalalar aytib o'tildi.

Bundan tashqari dalada asosiy ishni bajarayotgan suvchilarga pul mablag’i hamda kiyim bosh berildi.

Mavsum oldidan hosilimiz barakali bo'lishini Allohdan so'rab, Qur'on tilovat qilindi hamda duoga qo'l ochildi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
7 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси