Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, erkin faoliyat yuritishlarini ta’minlash va tadbirkorlik rivoji yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish iqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim omillaridan biridir.

                                     Hurmatli tadbirkorlar!

30 aprel 2022

   Tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, erkin faoliyat yuritishlarini ta’minlash va tadbirkorlik rivoji yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish iqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim omillaridan biridir.

   Shu bois bugun mamlakatimizda taraqqiyot lokomativi, yurt tayanchi bo‘lgan siz tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va faoliyatlaringizni rivojlantirish uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratish ustuvor vazifalardan biri sanaladi.

   Ayni maqsadda bir qator soliq imtiyozlari ham taqdim etilgan bo‘lib, bu yurtimiz ishbilarmonlariga faoliyatlarini rivojlantirish va yanada kengaytirish imkonini bermoqda.

   O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi "Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘RQ-758-sonli qonuni bilan Soliq kodeksiga bir qancha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildib tadbirkorlarga bir qancha soliq imtiyozlari berildi.

   Ta’kidlash joizki, bu kabi soliq imtiyozlari tadbirkorlarga mablag‘larini tejash va tejalgan mablag‘ni faoliyatlari rivojiga sarflash imkonini beradi.

   “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida Qumqo‘rg‘on tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan joriy yilning aprel oyi davomida ko‘plab ishlar amalga oshirildi:

   - 55 ta tadbirkorlik subyektining 64 dan ortiq muammolari o‘rganilib, ularning 37 tasi bevosita soliq xodimlari ko‘magida hal etildi;

   - Soliq xodimlari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 203 ta korxonadagi 255 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi;

   - 8 ta korxonalarga yer solig‘i, 7 ta korxonaga mol-mulk solig‘i, 6 ta korxonaga ijtimoiy soliq, 3 ta korxonaga aylanmadan olinadigan soliq, 3 ta korxonaga suv resurslaridan foydalanganlik uchun solig‘idan imtiyozlar qo‘llanildi.

   Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlari ishtirokida 4 marotaba uchrashuvlar o‘tkazilib, soliq qonunchiligidagi yangiliklar hamda hisobotlarni to‘ldirish va topshirish tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

    Hurmatli tadbirkorlar! Qumqo'rg'on tuman davlat soliq inspeksiyasi хodimlari soliq sohasiga oid barcha savollaringizga javob berish, bilmaganlaringizni o'rgatish va “Soliqchi - ko'makchi” tamoyili asosida sizga yaqindan yordam berishga doimo tayyordirlar.

 

Zafar Tursunov, Qumqo‘rg‘on tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси