Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Limonchilik tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha qurilgan issiqxonalar holati o’rganildi.

Qumqo’rg’on tumani “Bo’ston’ mahallasi Qizilqoya massivida 33 gektar yer maydonida tashkil etilgan limonchilik komplekslarining ish faoliyatini o’rganish bo’yicha Respublika Turonbank ATB boshqaruv raisi Chori Mirzayev hamda tuman hokimi Anvar Normamatov tashrif buyurdi.

Ushbu hududda 33 gektar yer maydoni 33 ta tadbirkorga 1 gektardan issiqxona qurish uchun Turon bank ATB Termiz filiali tomonidan kreditlar ajratilgan. Tadbirkorlar tomonidan issiqxonalar qurib limon ko’chatlari ekilgan. Ob-havoning keskin sovib ketishi oqibatida limonlar bargi sarg’ayib ko’chatlar nobud bo’lmoqda.

Limonchilik uyushmasi raisi akademik N.Faxriddinov tomonidan issiqxonadagi limon ko’chatlarining nobud bo’lgan shoxchalarini kesib xosil beradigan novdalariga shakil berib tadbirkorlarga ko’nikma va tushunchalar berib o’tdi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
38 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси