Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Qo‘mqo‘rg‘on tumanida gidotexnik inshootlar uchun jihozlar ishlab chiqaruvchi metall zavodi faoliyat yuritmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanida quduq qopqoqlari, suv minoralari hamda boshqa turli xil metall jihozlar ishlab chiqaruvchi “Mexanika” XK zavodi faoliyat yuritmoqda. Ushbu zavodda asosan gidrotexnik inshootlar uchun jihozlar ishlab chiqariladi va viloyatimiz hududlariga qolaversa, boshqa viloyatlarga ham jihozlar yetkazib beriladi.

Zavod rahbarining ta’kidlashicha, ishchi-xodimlar uchun to‘lanadigan ish haqi 3,5 mln so‘mdan boshlanadi, agarda o‘z ishining ustasi bo‘lgan menejer boshqaruvchi kadrlar bo‘lsa 20 mln so‘mgacha oylik ish haqi berishga tayyor. Ilmiy asoslarda korxonadagi ayrim jihozlar shu yerlik ustalar tomonidan yaratilgan va yirik jihozlarni ko‘tarish uchun elektr ko‘tarma kranlari tiklanmoqda. Hozirgi kunda 45 nafar fuqaro shu yerda mehnat qilib, o‘z ro‘zg‘orini tebratmoqda.

Mas’ullar zavod faoliyati bilan tanishib, kelgusida loyihani kengaytirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berishdi.

Shundan so‘ng “Ravshan Inroz” XK tomonidan tashkil etilgan MDF eshik va mebel mahsulotlari ishlab chiqarish, “Yagona Servis Plast” MChJning santexnika mahsulotlari va sintefon ishlab chiqarish loyihasi bilan ham tanishildi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘zdan kechirilib, yaratilgan ish o‘rinlari, kelgusida loyihalarni kengaytirish bo‘yicha rejalar bilan ham tanishildi. Tadbirkorlarning mavjud muammolari o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, “Yagona Servis Plast” MChJning sintefon ishlab chiqarish loyihasini kengaytirish uchun qo‘shimcha bank krediti ajratilishida ko‘mak ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

 

Shuningdek, “Surxon kombinati” MChJ tomonidan ko‘p yillardan buyon to‘liq quvvatda ishlamay kelayotgan binoda amalga oshirilishi rejalashtirilgan to‘qimachilik kompleksi loyihasi bilan tanishildi. Loyiha ishini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, mas’ullar bilan qayta o‘rganilishi ta’kidlandi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси