Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Qumqo‘rg‘on tumanida ham subsidiya asosida “Hunarmandchilik” markazi tashkil etiladi

Qumqo‘rg‘on tumanida “Begoyim nafosat gullari” xususiy korxonasiga 10 mlrd so‘m subsidiya mablag‘lari ajratish hisobiga 1 000 nafar ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

“Zamonaviy hunarmandchilik kompleksi”da hunarmandchilikning 7 ta, jumladan, tikuvchilik, haykaltaroshlik, yumshoq o‘yinchoqlar yasash, izalondan gul yasash, qolipli gullar yasash, qandolatchilik va zardo‘zlik yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi va 4 bosqichda jami 1 000 ta ish o‘rni yaratiladi.

Loyiha ishga tushirilishi natijasida “Ustoz-shogird” an’analarida ayollarga hunarmandchilik o‘rgatiladi, ishsiz ayollar bandligi ta’minlanadi, arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqariladi, hunarmandchilik turizmi rivojlantiriladi hamda o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yiladi.

“Zamonaviy hunarmandchilik kompleksi” uchun Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Baraka” savdo majmuasining yerto‘lasidan ikki yillik ijara to‘lovisiz joy ajratib berilgan.

Viloyat rahbari ushbu loyiha bilan tanishib, uni takomillashtirish, xaridorgir hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalarini berdi.

Eslatib o‘tamiz, viloyat hokimining joriy yil 9 yanvar kunidagi Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrifida tadbirkor Nilufar Musurmonova bilan uchrashib, hunarmandchilik markazi tashkil etish tashabbusini bildirgan edi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси