Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Qumqo‘rg‘on tumanida 50 ta xonadonli, ko‘p qavatli ijtimoiy turar-joy binosi qurilishi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumani “Neftchilar” mahallasi hududida ehtiyojmand ayollarni arzon uy-joylar bilan ta’minlash maqsadida 50 ta xonadonli, ko‘p qavatli ijtimoiy turar joy binosi qurilishi boshlanishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Turar-joyning sifatli qurilishi, bu yerda istiqomat qiluvchilar uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, xonadonlar haqiqiy ehtiyojmand xotin-qizlar berilishi lozimligi ta’kidlandi.

Qurilish ishlariga jalb qilingan maxsus texnikalar yordamida turar-joy binosining yer ishlari boshlandi.

O‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, tuman hokimi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda nuroniylar ishtirok etishdi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси