Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Tuman hokimining hududlarga tashrifi

Qumqo’rg’on tumani hokimi Anvar Normamatovning hududlarga tashrifi “Bo’ston” mahallasi bo‘ldi. Tashrifning ilk manzilida mahallada amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Qizil qoya hududiga borildi.

“Bo’ston” mahallasi Qizil qoya qishlog‘ida yangidan zamonaviy ko’rinishda investitsiya loyihalari doirasida 33 ta issiqxona qurilgan. Ushbu issiqxonalardan tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ko’zda tutilgan. Tuman hokimi yangidan qurilgan issiqxonalardagi qulaylikni o‘rganib, atrofni obodonlashtirish va faoliyatini boshlash maqsadida zarur ishlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Keyingi manzil “Yangi shahar” mahallasida joylashgan Mexanika xususiy korxonasi bo‘ldi. Ushbu korxona qishloq xo’jaligi texnikalari uchun zarur bo’lgan maxsulotlarni tayyorlamoqda. Korxonada 50 nafar fuqarolarimiz doimiy o’z ish o’rniga ega. Tuman hokimi korxona faoliyati bilan tanishish jarayonida ushbu korxonani kengaytirish va ko’proq ish o’rnini yaratish bo’yicha taklif va topshiriqlar berdi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси